Yaqin kunlarda O‘zbekistonga 1 mln 200 ming dozadan ortiq Pfizer/BioNTech va 600 ming dozadan ortiq AstraZeneca vaksinalari olib kelinishi kutilmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Hozirda mamlakatda 4 turdagi: ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, “Sputnik V”, Moderna vaksinalaridan emlash jarayonlarida foydalanib kelinmoqda.

Pfizer/BioNTech vaksinasi o‘zbekistonliklar emlanadigan 5-vaksina bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, ayni kungacha mamlakatda jami 15 mln 978 ming 140 doza vaksinadan foydalanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 2 mln 710 ming 887 nafarni tashkil qilmoqda.