8 sentabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Prezidentlar 16−17 sentabr kunlari Dushanbe shahrida o‘tkaziladigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi tadbirlariga tayyorgarlikning borishini ko‘rib chiqdilar, shuningdek, Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.

SHHTning bo‘lajak sammiti doirasida yetakchilar ikki tomonlama va mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan alohida uchrashuv o‘tkazishi yuzasidan kelishuvga erishildi.