Samarqand viloyatida avgust oyida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida 2,8 mlrd so‘mlik o‘g‘rilik fosh etildi, deb xabar bermoqda Hududgaz Samarqand axborot xizmati.

«Ushbu hajmdagi tabiiy gaz taxminan 24 mingta xonadonning 6 oylik gaz iste’molini tashkil qiladi», — deya qayd etildi xabarda.

Turli xildagi mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan shartnoma shartlariga amal qilmay, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish bo‘yicha jami 12 ta holat aniqlangan.

Ular tarmoqdan uzilgan va barcha to‘plangan materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan, deyiladi xabarda.