6 sentyabr kuni O‘zbekistonda 597 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 161 108 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 152 938 (+654) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1125 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, dushanba kuni 81 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 24 683 nafarga yetdi.

Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 192 nafarga yetdi.