6 sentabr kuni Toshkent metropolitenida o‘tgan haftada keltirilgan yangi metro poyezdlari ekspluatatsiyasi boshlangani xaqida xabar bergan edik.

20 ta yangi metro vagonlar (to‘rt vagonli beshta poyezd) Rossiyadan olib kelingan. Poyezdlar «Metrovagonmash» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan. Yil oxiriga qadar ushbu modifikatsiyadagi yana 20 ta metro vagoni Toshkentga yetkazib berilishi rejalashtirilmoqda.

«Gazeta.uz» fotomuxbiri mazkur vagonlarda bo‘lib, ularda joriy qilingan yangi imkoniyatlar bilan tanishdi.

Foto



Mazkur vagonlarda o‘rnatilgan maxsus sensor ekranlarda bir bekatdan ikkinchisigacha yetib olish uchun qancha vaqt sarflanishini ko‘rish imkoniyati bor. Shuningdek, zarur bo‘lgan taqdirda boshqa bekat liniyasiga o‘tish haqida ham ma’lum qilinadi. Buning uchun, ikki bekat nuqtalarini belgilash kifoya.


Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz»