6 sentabrdan O‘zbekiston elektron viza berishni vaqtincha to‘xtatdi, deya xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi 7 sentabr kuni.

Bunga E-visa.gov.uz tizimida profilaktika ishlari o‘tkazilayotgani sabab qilib ko‘rsatildi. Tizimning qachon ishga tushishiga aniqlik kiritilmadi.

Elektron vizalar O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartiblari o‘rnatilgan davlatlardan turizm maqsadida keluvchi fuqarolarga beriladi.

E-visa.gov.uz tizimi 2018 yil iyulida ishga tushirilgan.