Bugun va ertaga O‘zbekiston havo harorati +34…+39 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

8 sentyabrda respublika shimoliga antitsiklon kirib kelishi boshlanadi, antitsiklon Volga bo‘yi hududlaridan salqin havoni olib keladi. 9−10 sentyabrda salqin havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi.

Respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 8 sentyabr, chorshanba kuni respublika hududining ko‘p qismida harorat +32…+37 daraja bo‘lgan iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat shimoliy viloyatlarda harorat +25…+30 darajagacha pasayadi.

9−10 sentyabrda O‘zbekistonning barcha hududlarida havo salqinlashadi. Juma kuniga kelib, havo harorati kechalari va erta togda +12…+17 darajagacha, kunduz kunlari +23…+28 darajagacha pasayadi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan +2…+4 darajaga pastdir.

8−10 sentyabrda havo massasining o‘zgarishi O‘zbekistonning ko‘pchilik viloyatlarida shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi bilan kuzatiladi.

6−7 sentyabrda respublikaning shimoliy va cho‘l hududlari bo‘yicha shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.