Reuters: O‘zbekistondagi lagerda yashayotgan afg‘on uchuvchilari vatanga qaytishdan qo‘rqishmoqda

O‘zbekistondagi lagerda bo‘lib turgan afg‘on uchuvchilari va boshqalar vatanga qaytishdan xavfsiramoqda, deb yozmoqda Reuters. “Bizni qaytarishsa, 100 foiz aminmanki, bizni o‘ldirishadi”, — deya ma’lum qildi uchuvchilardan biri. Reuters lager tasvirlarini ham e’lon qilib, afg‘onlar O‘zbekistonga uchib kelgan samolyot va vertolyotlar modellari haqida xabar berdi.

Paralimpiada-2020. O‘zbekiston Paralimpiya o‘yinlarini 16-o‘rinda yakunladi

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egallashdi.

Toshkent shahridagi istirohat bog‘lari 24 soat ishlay oladi

Hukumat qarori bilan poytaxtdagi istirohat bog‘lariga tunu kun faoliyat yuritishiga ruxsat berildi. 2023 yilgacha poytaxtning ko‘kalamzorlashtirilishi darajasini 30 foizga yetkazish belgilanmoqda. 2022 yildan sinov tariqasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish vazifalari autsorsing asosida tadbirkorlarga beriladi.

Shavkat Mirziyoyev 9 sentyabr kuni O‘zLiDeP qurultoyida ishtirok etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 sentyabr kuni O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida ishtirok etadi. Shuningdek, davlat rahbari Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari bilan uchrashishi ham mo‘ljallanmoqda.

Boyovut tumani hokimi o‘rinbosari Saodat Mirzayeva vafot etdi

Boyovut tumani hokimligi tuman hokimining o‘rinbosari Saodat Mirzayeva 51 yoshida vafot etdi. U mazkur lavozimda 2020 yil 26 iyundan beri ishlab kelayotgan edi.

ITBning Toshkentdagi yig‘ilishidan so‘ng qiymati $330 mlndan ortiq shartnomalar imzolandi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashi yig‘ilishida umumiy qiymati 280 mln dollardan ortiq bo‘lgan shartnomalar imzolandi.

Avtosanoat monopoliyasi haqidagi graffiti to‘liqligicha bo‘yab tashlandi (yangilandi)

Inkuzart ko‘cha rassomi O‘zbekiston avtomobil bozoridagi monopoliya hamda mashina olish uchun uzun navbatlarni aks ettirgan yangi graffiti chizdi. Surat to‘liqligicha bo‘yab tashlandi.

Chirchiq shahar hokimligi “Chirchikstroy” mehmonxonasi buzilmasligini ma’lum qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi “Chirchikstroy” mehmonxonasi binosi buzilishi haqidagi xabarlar tarqaldi. Shahar hokimligi ushbu xabarlarni “feyk” deb atab, obyektni buzish yoki qayta qurish yuzasidan hozirgi kunga qadar hech qanday rasmiy hujjat qabul qilinmaganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, ushbu hududda zamonaviy boks maktabiga asos solinadi.

Foto: Samarqandning mashhur ipak qog‘ozi qanday tayyorlanadi?

Samarqand yaqinidagi “Meros” qog‘oz fabrikasi ustalari qadimiy usuldan foydalangan holda tut daraxtidan qog‘oz ishlab chiqarishadi. Yorqinligi, yumshoqligi va ishlatilgan xom ashyo sababli ushbu mahsulotni ipak qog‘oz deyishadi. Ushbu qog‘ozning tayyorlanish jarayoni haqida Kira Karapetovaning foto-hikoyasida.

O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 27,5 millionga yetdi

1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 27,5 millionga, aholining mobil aloqa bilan ta’minlanganlik darajasi qariyb 79 foizga yetgan.

Urganchda 3 nafar erkak kanalizatsiyaga tushib vafot etdi

Xorazmning Urganch tumanida 3 nafar erkak uylardan chiqqan kanalizatsiya suvlarini haydab chiqarish uchun mo‘ljallangan kanalizatsiya kamerasiga tushib, zaharlanish oqibatida vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Vaksinadan keyingi o‘lim holati faqat 1 soat oralig‘ida kuzatilishi mumkin — Sevara Ubaydullayeva

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva O‘zbekistonda hozirgi kunga qadar vaksina tufayli birorta o‘lim holati kuzatilmaganligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, vaksinadan so‘ng kuzatiladigan o‘lim holati vaksina olgandan keyingi 1 soat oralig‘ida anafilaktik shok oqibatida kuzatilishi mumkin.

Chilonzor metro yo‘nalishida yangi poyezdlar ishga tushirildi

Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishida yangi poyezdlarning uchta harakat tarkibi o‘z ishini boshladi. Qolgan yana ikkita metro poyezdi yaqin orada ushbu yo‘nalishda harakatlanadi.

O‘zbekistondagi saylovchilarning qariyb 33 foizini yoshlar tashkil etadi

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayevning ma’lum qilishicha, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatida 21,2 milliondan ortiq saylovchi mavjud. Ularning qariyb 33 foizini (6,9 million) 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.

Bahrom Ashrafxonov O‘zbekistonning Gruziyadagi elchisi bo‘ldi

O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi Bahrom Ashrafxonov bir vaqtning o‘zida mamlakatning Gruziyadagi elchisi bo‘ldi.