5 sentyabr kuni O‘zbekistonda 640 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 160 511 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 152 284 (+629) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1120 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, yakshanba kuni 123 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 24 602 nafarga yetdi.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 190 nafarga yetdi.