Boyovut tumani hokimligi tuman hokimining o‘rinbosari -- Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Saodat Mirzayeva 51 yoshida vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Hokimlik matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, o‘limga qon bilan bog‘liq kasallik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Qayd etilishicha, Saodat Mirzayeva Toshkentda gematologiya markazida davolanayotgan bo‘lgan.

Saodat Mirzayeva 1969 yil 11 noyabrda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tug‘ilgan.

U mehnat faoliyati davomida maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiyachi, o‘qituvchi, maktab direktorining manaviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Saodat Mirzayeva 2020 yil 26 iyundan hozirgi vaqtgacha Boyovut tumani hokimining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.