4 sentyabr kuni O‘zbekistonda 662 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 159 871 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 151 655 (+588) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1112 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, shanba kuni 140 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 24 479 nafarga yetdi.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 187 nafarga yetdi.