4 sentyabr kuni Rossiyaning Moskva viloyatidagi «Patriot» parkida VII Xalqaro armiya o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

22 avgust kunidan 4 sentyabriga qadar o‘tkazilgan «ArMI — 2021» Xalqaro armiya o‘yinlari dunyoning 11 ta davlati hududida o‘tkazildi. Musobaqalarda 42 ta davlatning jami 277 ta jamoasi yoki 5000 dan ortiq harbiy xizmatchilar o‘zaro kuch sinashdi. O‘zbekiston jamoalari ham ushbu nufuzli musobaqalarning 24 yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etdi.

Mazkur bellashuvlar davomida o‘zbekistonliklar 4 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida musobaqa tashkilotchisidan keyin 2-o‘rinni egalladi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

Xususan:

  • «Sodiq do‘st» erkaklar jamoasi — 1 ta oltin;
  • «Sodiq do‘st» ayollar jamoasi — 1 ta oltin;
  • «Harbiy-tibbiy estafeta» jamoasi — 1 ta oltin;
  • «Dala oshxonasi» jamoasi — 1 ta oltin medallarni qo‘lga kiritdi.

Kumush medallarga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston jamoalari:

  • «Elbrus xalqasi»;
  • «Merganlik marrasi»;
  • «Otliq marafon»;
  • «Qurolsoz usta»;
  • «Xavfsiz muhit»;
  • «Muhandislik formulasi»;
  • «Xavfsiz marshrut»;
  • «Qutb yulduzi»;
  • «Qo‘shinlar razvedka a’lochisi».

Bronza medallarga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston jamoalari:

  • «Avtozirxli tank-texnika ustasi»;
  • «Ishonchli qabul»;
  • «Yo‘l patruli»;
  • «Sayan yurishi».

Ma’lumot uchun, mazkur musoboqalar davomida jamoalar tomonidan jami 37 ta rekord natija qayd etilgan bo‘lib, shundan 10 tasi O‘zbekiston hisobiga yozildi. Xususan, «Harbiy-tibbiy estafeta» musobaqasida o‘zbekistonliklar 3 ta rekord natijalarini yangiladi.