3 sentyabr kuni O‘zbekistonda 648 kishida koronavirus aniqlandi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 158 ming 561 nafarga yetdi deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 151 ming 67 kishiga yetdi (+717) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1099 nafarni tashkil qildi.

Bundan tashqari, SSV ma’lumotlariga ko‘ra, payshanba kuni 71 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 24 339 nafarga yetdi. 4 nafar bemor vafot etdi va shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 184 nafarga yetdi.