Yanvar — iyun oylarida respublika bo‘yicha jami 22,7 ming tonna pilla xom-ashyosi tayyorlangan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,1%ga oshgan.

Respublika bo‘yicha tayyorlangan pilla xom-ashyosining umumiy hajmida hududlarning ulushi:

yuqori ulushga ega:

  • Samarqand viloyati — 13,0%;
  • Andijon viloyati — 12,8%;
  • Buxoro viloyati — 10,5%;
  • Qashqadaryo viloyati — 9,4%;
  • Farg‘ona viloyati — 9,3%.

kam ulushga ega:

  • Qoraqalpog‘iston R. — 3,3%;
  • Sirdaryo viloyati -2,7%.