2 sentyabr kuni O‘zbekistonda 689 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 158 561 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 150 350 (+583) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1099 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, payshanba kuni 93 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 24 268 nafarga yetdi.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 180 nafarga yetdi.