O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Niagara sharsharasi mamlkat bayrog‘i ranglari bilan jilolandi. Bu haqda «Dunyo» xabar berdi.

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tadbir Kanada va AQShning turli burchaklaridan sharsharaga yetib kelgan o‘zbekistonliklar bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Sharsharani jonli ravishda 200 kishi tomosha qilgan.

Tadbir O‘zbekistonning milliy madhiyasi yangrashi bilan boshlangan. Tadbirda o‘zbek milliy raqslari va kuylari ijro etilgan.

Ushbu tomosha onlayn rejimida Facebook ijtimoiy tarmog‘ida translyatsiya qilingan va YouTube video-platformasiga joylangan. Bir sutka ichida tadbirni AQSh, Kanada va O‘zbekistondan 8 mingga yaqin kishi kuzatgan. Foydalanuvchilarning umumiy qamrovi 18 mingdan ortiq kishiga yetgan.

Niagara sharsharasi — Kanadadagi eng mashhur sharshara va Shimoliy Amerikadagi eng mashhur turistik joylardan biridir. Har yili sharsharaga millionlab sayyohlar tashrif buyuradi. Sharsharaning kengligi — 792 metr, balandligi — 53,6 metr.

Video