Avgust oyining oxirgi kunlari O‘zbekistonning ko‘pchilik viloyatlarida quruq va huddi yoz oylaridek issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar bedi.

Faqat Toshkent viloyatida, shuningdek respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati ushbu kunlarda kechalari +15…+20 darajani, kunduz kunlari +30…+35 darajani tashkil etadi.

Sentyabr oyining birinchi besh kunligida O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan yana issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi. Respublikaning barcha hududida kuchsiz, ba’zi joylarda biroz shamollar bilan asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Harorat yana ko‘tarila boshlaydi va haftaning oxiriga kelib, kunduz kunlari termometr ustuni +36…+39 darajagacha ko‘tariladi.