30 avgust kuni Uzbekistan Airways Toshkent-Moskva yo‘nalishidagi havo qatnovining birinchi gibrid modeli bo‘yicha reysini amalga oshirdi. «Gazeta.uz» muxbiri «to‘liq iqtisodiy klass»ga (ekonom) o‘tkazilgan Airbus A320 samolyoti bilan tanishdi.

Uzbekistan Airways Express`ning birinchi reysida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 22 nafar migrant yo‘lovchilar taklif qilindi, ularga Moskvaga bir martalik bepul chiptalar taqdim etildi.

Avval xabar qilinganidek, Uzbekistan Express respublika ichidagi va mintaqalararo aviatashuvlarni amalga oshiradi va faqat «ekonom-klass» sharoitida qayta jihozlangan to‘rtta Airbus A320 samolyotlarida ishlay boshlaydi.

«Gibrid modelning farqi shundaki, bagaj uchun ruxsat etilgan to‘lovlar kamaygan. Agar muntazam reyslarda bizda 32 kg gacha bo‘lgan norma bo‘lsa, bu yerda 15 kg, qo‘l yuki esa 5 kg gacha cheklangan. Bu nima uchun qilingan? Samolyotning yuk ko‘tarish qobiliyati o‘zgarmadi, lekin yo‘lovchilar o‘rindiqlari soni ortdi va biz tegishli sig‘imga joylashtirishimiz kerak», — deya tushuntirdi marketing va tashuvlarni sotish bo‘yicha direktor Shuhrat Yodgorov.

«Sentabr oyida Toshkentdan haftasiga uchtagacha reyslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Samolyot Moskvadan Buxoro, Urganch, Farg‘ona viloyatiga uchadi va bazaga qaytib, halqasimon parvozni amalga oshiradi», — dedi aviakompaniya vakili.

Shuhrat Yodgorov, shuningdek, «Uzbekistan Express» reyslarining o‘z ovqatlanish qoidalari borligini ma’lum qildi: «Uzbekistan Airways ikki soatdan ortiq davom etadigan deyarli barcha reyslarda oziq-ovqat yetkazib bersa, ushbu reyslarda (Uzbekistan Express`da — tahr.) parvoz vaqtidan qat’i nazar faqat yengil tamaddi (sendvich) berilishi ko‘zda tutilgan. Ikki soatgacha bo‘lgan reyslarda faqat suv bo‘ladi».

Chipta narxlari

Uzbekistan Express chiptalari narxi 20 foizga arzonlashtirildi. Shunday qilib, Toshkent, Urganch, Namangan, Buxoro, Farg‘ona va Qarshidan Moskvaga ushbu tarifdagi. parvozlar uchun chiptaning narxi 1,49 mln so‘mdan, borish-qaytish esa 2,8 million so‘mdan boshlanadi. Toshkentdan Krasnodarga reysning narxi 1,7 mln so‘mdan, qaytish — 3,16 mln so‘mdan, Toshkentdan «Mineralnыye Vodы»ga — 1,55 mln so‘mdan, borish-qaytish — 3 mln so‘mdan boshlanadi. Toshkentdan Rostov-Donga parvoz uchun chiptaning narxi 1,52 mln so‘mdan, borish-qaytish — 2,9 mln so‘mdan boshlanadi.

Foto