29 avgust kuni O‘zbekistonda 795 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 155 639 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 147 903 (+660) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1075 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, yakshanba kuni 303 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 23 464 nafarga yetdi.

Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 168 nafarga yetdi.