O‘zbekiston o‘tgan yetti oy davomida xorijga qiymati 14,5 mln dollarga teng bo‘lgan 53,6 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil O‘zbekistonda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 19 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 42,1 ming tonnaga ya’ni qariyb 4,6 baravarga oshgan.

O‘tgan 7 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

  • Qozog‘iston — 24,8 ming tonna;
  • Rossiya — 16,4 ming tonna;
  • Qirg‘iziston — 5,9 ming tonna;
  • Ukraina — 2,8 ming tonna;
  • Belarus — 1,2 ming tonna;
  • Latviya — 1,4 ming tonna;
  • Germaniya — 509,8 tonna;
  • Moldova — 239,0 tonna.

“Gazeta.uz” avvalroq yanvar-may oylarida qiymati 291,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 526,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilinganligi haqida yozgan edi.