Gidrometeorologiya xizmati markazi 30 avgust, dushanba kuni respublikaning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Xususan, Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kam miqdorda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10−12 m/s tezlik gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18−20°, kunduzi 32−34° bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15−20 m/s tezlik gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15−20°, kunduzi 29−34° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15−20°, kunduzi 33−38° bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15−20°, kunduzi 30−35° bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15−20°, kunduzi 30−35° bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17−22°, kunduzi 33−38° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15−20°, kunduzi 30−35° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12−17°, kunduzi 20−25° bo‘ladi.