TEXNOPARK MCHJ «Osten» brendi ostida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy yo‘lovchi, panoramali, yuk va shifoxona liftlarining ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning yillik quvvati 2000 donaga teng.


Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YeOII) mamlakatlarining texnik reglamentlariga muvofiqlikni sertifikatlash — bu «Osten» korxonalaridagi ishlab chiqarish va sifatni nazorat qilish yuqori standartlarga muvofiq ekanligining tan olinishi demakdir. Hujjat eksport salohiyatini kengaytirish va Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘izistondagi yangi bozorlarga kirish imkonini beradi.


Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining texnik reglamentlariga muvofiqlik sertifikati — mahsulotning YeOII texnik reglamentida belgilangan sifat va xavfsizlik bo‘yicha barcha majburiy talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.


Sertifikat yo‘lovchi va yuk-yo‘lovchi liftlarining xavfsizlik talablari nuqtai nazaridan EN 81−20: 2014 Yevropa standarti talablariga muvofiqligini tasdiqladi. Bunga TEXNOPARK`da 60 metrli, 14 qavatli va 4 shaxtali sinov liftli minorasidan foydalanish orqali erishildi.


Akkreditatsiyadan o‘tgan «Kazliftkonsalting» sertifikatlashtirish tashkiloti texnik reglament va Yevropa standarti talablariga muvofiq zarur testlarni o‘tkazdi. Bu minoraning borligi barcha turdagi liftlarni va bugungi kunda mavjud barcha xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinab ko‘rish imkoniyatini yaratadi.


YeOII sertifikati TEXNOPARK MCHJ`ning yuqori ishlab chiqarish salohiyatining yana bir xalqaro e’tirofidir.

«Osten — bir pog‘ona yuqorida».

Reklama huquqlari asosida.