27 avgust, juma va dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab havo kam bulutli bo‘lishi, yog‘ingarchilik kutilmasligini ma’lum qilmoqda O‘zgidromet.

Faqat ayrim tog‘li hududlarda momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi.

Havo harorati kechalari +17…+22 darajni, kunduz kunlari +32…+37 darajni tashkil etadi, bu me’yordan 2−3 daraja yuqoridir.