Portugaliya terma jamoasi sardor va “Yuventus” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” klubiga o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Sports.ru`ning ma’lumotlariga ko‘ra, transfer summasi 21,4 mln funtni tashkil etadi. 36 yoshli futbolchi angliya klubi bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Krishtianu Ronaldu 2003 yildan 2009 yilgacha “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan. U manchesterliklar safida 3 marta Angliya Premer-ligasida, 2 marta Angliya Liga Kubogida va 1 marta Angliya Kubogida, 1 marta Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan.

Futbolchi 2009 yilda “Real Madrid” ga, 2018 yilda “Yuventus” ga o‘tgan edi.