25 avgust kuni O‘zbekistonda 846 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 152 363 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 144 988 (+684) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1050 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, chorshanba kuni 353 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 22 144 nafarga yetdi.

Shuningdek, 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 156 nafarga yetdi.