Ikki yil davomida kompaniya KFC taomlarini noqonuniy yo‘l bilan yetkazib berayotgan xizmatlar bilan kurashib kelmoqda. Har oy KFC tashkentkfc.me yoki kfcuzbot.ru kabi noqonuniy saytlarni bloklab kelmoqda, ammo ular VPN orqali faoliyatini qayta tiklab, taomlarni tashish va oziq-ovqat xavfsizligi qoidalariga umuman amal qilmagan holda yana xizmat ko‘rsatishda davom etishmoqda.

Noqonuniy kompaniyada narxlar qimmatroq ko‘rsatilgan va xaridor mahsulotlarni KFC`ning narxlariga nisbatan 30, ba’zida esa 40 foizga qimmatroq narxda sotib oladi. Ushbu noqonuniy xizmatlar orqali buyurtma rasmiylashtirganingizda siz taomlarni qimmatroq narxda, cheksiz va sovib qolgan holda olasiz.

Bu masalada ushbu servis bilan to‘qnash kelgan xaridorlar KFC`ga ko‘p bora murojaat qilishgan, Facebook tarmog‘idagi «Potrebitel.uz» guruhiga ham shikoyatlar yozishgan.

Buyurtma berish uchun (+998) 78−129−70−00 raqami orqali call-markaz bilan bog‘lanish yoki @kfcuzdeliverybot Telegram-botiga o‘tish mumkin.

KFC`ning rasmiy hamkorlari Express24 va Stolik yetkazib berish xizmatlari orqali ham buyurtma berish imkoni mavjud.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilish mumkin.

Instagram: @kfcinuzbekistan
Facebook: fb.com/KFC.uz

Reklama huquqlari asosida.