24 avgust kuni O‘zbekistonda 834 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 151 517 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 144 304 (+909) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1043 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, seshanba kuni 357 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 21 791 nafarga yetdi.

Shuningdek, 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 152 nafarga yetdi.