Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berishicha, OTMlarda 2021/2022 o‘quv yili an’anaviy (offlayn) shaklda boshlanadi.

Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 6 sentyabrdan bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun an’anaviy shaklda boshlanadi.

O‘zbekistonda Mustaqillik kuni nishonlanishi munosabati bilan 1−5 sentyabr rasman dam olish kunlari hisoblanadi, shu bois o‘qish 6 sentyabrdan boshlanadi.

Avvalroq, bu yil OTMlarga 948 mln abituriyent hujjat topshirgani xabar qilingan edi. Bu 2020 yilga nisbatan 36,1 foizga (1 mln 484 ming) yoki 535 ming abituriyentga kam.

Koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni ortishi bilan shu yilning aprel oyi yakunidan barcha OTMlar onlayn shaklda o‘z faoliyatini davom ettirgan edi. Keyinchalik OTMlar esa o‘quv yilini masofadan ta’lim berish bilan yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020/2021 o‘quv yilida 2, 3 va 4-kurs talabalariga o‘qish onlayn tarzda boshlangan edi. Oktyabrdan 1-kurslar ham qabul qilib olingach, pandemiyaning yumshashiga qarab an’anaviy tizimga yana qaytilgan edi.