Hukumatning 21 avgustdagi qarori bilan Erjan Kaxya Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori etib tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» Telegram-kanali xabar bermoqda.

U bundan oldin Istanbul texnika universiteti professori sifatida faoliyat yuritgan. Erjan Kaxya 1980−1984 yillarda Istanbul texnika universitetining bakalavriaturani, 1988 yilda Nyu Yorkdagi Politexnika universitetida magistraturani bitirgan.

Institutning avvalgi rektori Ravshan Hakimov mazkur lavozimda 2016 yildan buyon faoliyat yuritayotgan edi.