Joriy yilning yetti oyida O‘zbekiston 432 ta elektromobil import qilgan, bu 2020 yilning shu davriga nisbatan 364 taga ko‘pdir, deya ma’lum qildi Davlat statistika qo‘mitasi.

Birgina iyul oyida 164 ta elektromobil yetkazib berildi. Spot ma’lumotlariga ko‘ra, avvalgi uch yilda mamlakatga 183 ta elektromobil import qilingan (shundan 2020 yilda 131 ta, 2019 yilda 39 ta).

Ular asosan Xitoydan import qilinadi — 388. Ulardan keyin Turkiya (24), AQSh (6), Koreya Respublikasi (5) va Germaniya (4) bormoqda.

Narx jihatidan, elektromobillar importi yil boshidan buyon 7,7 million dollarni tashkil etdi.

PlugShare ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda elektromobillar uchun 25 ta quvvatlovchi shoxobcha mavjud. Spotning aniqlik kiritishicha, o‘tgan yili ular soni 3 ta bo‘lgan, 2019 yilda esa — 0 ta. Bunday stansiyalar birinchi bo‘lib Farg‘onada paydo bo‘lgan va hozirda Toshkentda butun boshli tarmoq yaratilmoqda.

Elektromobillar importiga aksiz va boj undirilmaydi. May oyida deputatlar Soliq kodeksiga sotib olingan va vaqtincha olib kelingan elektromobillarni avtomobil yig‘imidan ozod qilish to‘g‘risidagi o‘zgartishlar kiritishni muhokama qilgan edilar.