Shveysariya hukumati tomonidan beg‘araz ko‘mak sifatida FFP2 markali 1 mln 145 ming dona tibbiy niqoblar O‘zbekistonga olib kelindi. Yuk dushanba kuni Toshkent aeroportiga yetkazib berildi, deya xabar bermoqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabar bermoqda.

Tibbiy niqoblar koronavirusga qarshi kurashish doirasida O‘zbekiston tibbiyot muassasalarining tibbiy ta’minot zahiralarini mustahkamlashga ko‘maklashish maqsadida jo‘natilgan, deyiladi xabarda.

Avvalroq Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi mazkur samolyot Kobuldan evakuatsiya qilingan Shveysariya fuqarolari va boshqa odamlarni ham olib ketishini ma’lum qilgan.

Dastlab shanba kuni 300 o‘rinli Boeing 777−300 ER samolyotini yuborish va 1,3 million niqobni yetkazib berish rejalashtirilgan edi, lekin Kobul aeroporti atrofidagi beqaror vaziyat tufayli charter reysni qisqa muddatga qoldirishga to‘g‘ri kelgan.

Bugun odamlar Kobuldan faqat aeroport orqali ketishi mumkin. Aeroportning o‘zi AQSh harbiylari tomonidan nazorat qilinadi, lekin Afg‘oniston poytaxtidan aeroportgacha yo‘l xavfsiz emas va aeroport binosiga kirish qiyin. Mamlakatni tark etmoqchi bo‘lganlar, faqat Germaniya harbiylarining Toshkentga uchayotgan samolyotlarida joy bo‘lsa, aeroportning chiqish joyiga olib borilmoqda.

«Bunday sharoitda O‘zbekiston poytaxti muhim rol o‘ynaydi: Kobuldan uchib kelgan odamlar o‘z sayohatini tez davom ettirishi kerak, shunda Toshkentda Kobuldan keladigan yangi harbiy samolyotlar uchun joy bo‘shaydi», — deyiladi Shveysariya TIV bayonotida.

23 avgust kuni Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi Shveysariya gumanitar yordam departamentining (SHA) sakkiz a’zosi samolyot orqali yetib kelganini ma’lum qildi.Ulardan ikkitasi evakuatsiya qilinganlarga Shveysariyaga qaytishda hamrohlik qiladi, qolgan olti nafari Toshkentda qoladi va joylardagi jamoaga qo‘shiladi. Parvozga, shuningdek, bort xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan Federal politsiya agentligining (Fedpol) sakkiz xodimi hamrohlik qiladi.

Oxirgi bir necha kunda O‘zbekiston hududi orqali Afg‘onistondan qariyb 2000 nafar chet davlatlar fuqarolari evakuatsiya qilindi.