Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga asosan 4 kishiga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon — “Oltin yulduz” medali topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ular:

  • Muhammad Ahmedov — Buxoro viloyati “Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xo‘jaligi rahbari;
  • Shavkat Ayupov — O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika instituti direktori;
  • Ibrohim G‘ofurov — Yozuvchilar uyushmasi a’zosi;
  • Munojotxon Yo‘lchiyeva — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi kafedra mudiri.