Yakshanba, 22 avgust kuni O‘zbekistonga yana 3 mln doza xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 17 mln 856 ming 540 dozaga yetmoqda. Ulardan 13,5 mlni — ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi, 986 ming 480 dozasi — AstraZeneca (Covieshield, COVAX dasturi asosida bepul yetkazib berilgan), 370 mingtasi — Rossiyaning “Sputnik V” va 3 mln 60 dozasi Moderna vaksinasi hisoblanadi.

Ayni paytga qadar shundan 12 mln 750 ming 44 doza dozadan ortig‘i vaksinatsiya jarayonlarida foydalanilgan.

Shuningdek, shu kungacha koronavirusga qarshi to‘liq emlangan fuqarolar 1 million 479 ming 304 nafarni tashkil qilmoqda.

Ma’lumot uchun bundan avval ZF-UZ-VAC2001'ning: 27 martda — 1 mln doza, 27 aprelda — 1 mln doza, 18 mayda — 1 mln doza, 19 mayda — 500 ming doza, 10 iyunda — 1 mln doza, 29 iyunda — 1 mln doza, 30 iyunda — 1 mln doza, 20 iyulda — 1 mln doza, 21 iyulda — 1 mln doza, 5 avgustda — 1 mln doza va 6 avgustda — 1 mln doza partiyalari keltirilgan.