10 avgust kuni PDP Academy tomonidan IT sohasiga qiziquvchi bilimli yoshlar uchun «Unicorn» ta’lim granti e’lon qilindi. Ushbu imkoniyat kelajakda o‘zini yirik IT-kompaniyalarda ko‘ra oladigan, dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishni niyat qilgan yoshlar uchun ajoyib start bo‘lishi mumkin.

«Unicorn» granti uchun tanlovda 18−28 yoshlardagi matematika va mantiq, shuningdek, ingliz tili bo‘yicha yetarli bilimlarga yoshlar saralab olinadi. Ushbu grant yoshlarga IT-kompaniyalarda ish bilan ta’minlanishi uchun 100% kafolat beradi.

Loyihaning asosiy maqsadi — O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirish hamda dasturlash sohasiga qiziquvchi va bunda chinakam mutaxassisga aylanishni orzu qiluvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.

«Unicorn» ta’lim grantlari loyihasi o‘z oldiga uchta eng muhim vazifani qo‘ygan.

Birinchisi, bu iqtidorli yoshlarga o‘zini namoyon etish uchun imkoniyat berish va ularni pulsiz o‘qitish.

Ikkinchisi, ushbu yoshlarni ish bilan ta’minlash, o‘z kelajagini qura olishlari uchun sharoit yaratib berish, IT sohasi elitasi vakiliga aylantirish.

PDP Academy`ning grant loyihasining uchinchi vazifasi — dunyoni yorqin kelajak sari yetaklay oladigan yoshlarni shakllantirish. Shuningdek, muhim qarorlar chiqara oladigan iqtidorli yoshlar jamoasini yaratish kompaniyaning loyihasini asosiy maqsadlaridan biri.

«Unicorn» grantiga talabgorlar tanlovda qatnashish uchun 1 sentyabrgacha onlayn tarzda arizani to‘ldirishi mumkin.

Qabul qilingan arizalar ko‘rib chiqilib, saralanadi va ushbu bosqichdan o‘tgan talabgorlar PDP Academy binosiga imtihon topshirish uchun chaqiriladi.

Imtixondan o‘tgan ishtirokchilar esa navbatdagi bosqichga — suhbatga chaqiriladi. Talabgorlar bilan suhbat tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.

Suhbatdan o‘tgan talabgorlarga bir oy davomida Foundation kursi o‘qitiladi. Bir oy — muddat sinov oyi hisoblanadi.

So‘ng, sinov muddati xulosasi va mentor tavsiyasiga asosan talabalar bu bosqichdan o‘tgan yoki o‘tmaganligi belgilanadi. Barcha bosqichlardan o‘tgan ishtirokchilar grantga ega bo‘lishadi.

Grant yutgan talabalar o‘z xohishiga ko‘ra quyidagi kurslardan birini tanlaydi:

  • Bootcamp Java Backend — 9 oy;
  • Bootcamp Android — 9 oy;
  • Bootcamp Flutter — 9 oy;
  • Bootcamp Frontend — 6 oy.

PDP Academy «Unicorn» granti doirasida 210 ta talabani pulsiz o‘qitadi va ish bilan ta’minlaydi. Umumiy grantlar sonidan 10 tasi to‘liq bepul grant hisoblanadi. Kurslar yakuniga ko‘ra, 10 nafar eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar ta’lim uchun to‘lov qilmaydi.

Darslar boshlanganidan roppa-rosa 6 oy o‘tgach, grant yutgan talabalar ish bilan ta’minlana boshlaydi. Kurs yakunlanganidan keyin, 6 oy ichida barcha grant yutgan talabalar ish bilan ta’minlanadi.

Grant asosida ta’lim oluvchilar uchun Google, Amazon, Facebook va boshqa yirik IT-kompaniyalarda ishlovchi mutaxassislardan tashkil topgan kuzatuv kengashi tuziladi.

Grantlar soni chegaralangan.

Ishtirok etish uchun arizani quyidagi havola orqali to‘ldirishingiz mumkin: pdp.uz/register-unicorn

«Unicorn» ta’lim grantlari loyihasi haqida batafsil ma’lumotlarni ushbu havolaga o‘tish yoki +998 (78) 777−47−47 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali olishingiz mumkin.

Shuningdek, PDP Academy`ning YouTube kanalida grant haqidagi barcha savollarga javob berilgan videolar mavjud.

Sayt: pdp.uz
Telegram-kanal: t.me/pdpuz
Instagram: @pdpuz
Facebook: fb.com/pdpuz
YouTube: Pdpuz

Reklama huquqlari asosida.