19 avgust kuni O‘zbekistonda 863 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 147 322 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 140 088 (+1067) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1008 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, payshanba kuni 395 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 19 981 nafarga yetdi.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 135 nafarga yetdi.