21 avgust kuni umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanali hukumat farmoyishiga asosan.

Farmoyishga ko‘ra, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, respublika bo‘ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021 yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi etib belgilandi.