Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda sportchi Elbek Rahimov o‘ldirib ketilganligi haqida videolavha tarqaldi. Videoda aytilgan so‘zlarga ko‘ra, Elbek Rahimovni do‘pposlagan shaxslarning qo‘lida pichoq va to‘pponcha bo‘lgan.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov mazkur holat yuzasidan izoh berdi. Uning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida 7 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, ulardan 6 nafari protsessual tartibda ushlandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.