15 avgust kuni O‘zbekistonda 877 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 143 918 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 136 572 (+708) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 981 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, yakshanba kuni 479 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 18 395 nafarga yetdi.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 123 nafarga yetdi.