12 avgust kuni xalq deputatlari Xiva tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Hurmat Matrasulov. Foto: Xorazm viloyati hokimligi axborot xizmati

Sessiyada Xiva tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Ozod Matyoqubov egallab turgan vazifasidan ozod qilindi. Uning o‘rniga Hurmat Matrasulov Xiva tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Bugun, shuningdek, xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Zafar Ergashev. Foto: Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati

2019 yildan buyon tumanga rahbarlik qilgan Dilshod Musinov o‘z arizasiga ko‘ra, lavozimidan ozod etildi.

Shu paytgacha Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Zafar Ergashev Payariq tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Shuningdek, hokimlik matbuot xizmatining xabar berishicha, sessiyada tumanga yangi prokuror, IIB boshlig‘i hamda Davlat soliq inspeksiyasi rahbari tayinlangan.