Tojikistonning “Xarb-Maydon” poligonida O‘zbekiston, Rossiya va Tojikiston harbiy xizmatchilari ishtirokidagi qo‘shma mashg‘ulotlar yakunlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘quvlarning faol fazasida O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov, Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin, Tojikiston mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo bevosita ishtirok etdi.

Ushbu uch tomonlama qo‘shma o‘quvlar birinchi marotaba o‘tkazildi.

Markaziy harbiy okrug ma’lumotlariga ko‘ra, uch mamlakatdan 2500 harbiy xizmatchi ishtirokida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda aviatsiya, razvedka va o‘t o‘chirish majmualari hamda havo desantli hujum kuchlarining keng qo‘llanilishi bilan turlararo qo‘shinlardan foydalanish birinchi marta namoyish etildi.

Video