Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni «Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» farmonni imzoladi.

Hujjat bilan Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha vakili (bolalar ombudsmani) instituti ta’sis etildi va Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimi tugatildi.

Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari, ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshiradi, o‘z faoliyatida Oliy Majlis palatalariga hisobdordir. Bolalar ombudsmani Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi. Bolalar ombudsmani lavozimiga nomzod parlament ko‘rib chiqishi uchun prezident tomonidan kiritiladi.

Farmonga ko‘ra, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) idoralararo komissiyalari tegishlicha Bolalar masalalari bo‘yicha milliy va hududiy komissiyalar etib qayta tashkil qilinadi.

Milliy komissiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, uning sog‘lom turmush tarzini ta’minlash;
  • ularning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ko‘maklashish,
  • ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lishining oldini olish choralarini ko‘rish,
  • bolalar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqish vazifalari va boshqalar.

2021 yil 1 sentyabrdan:

  • Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tarkibida болаларни himoya qilish masalalari sho‘’basi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati;
  • tuman (shahar) hokimliklarida bolalarni himoya qilish sho‘’balari tashkil qilinadi.