O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Moskva shahrida joylashgan klinikalardan birida o‘pka va qon-tomir kasalliklari, xususan o‘pka pnevmoniyasi bo‘yicha muolajalar olmoqda, deb xabar berdi idora Matbuot xizmati.

«Ayni kunlarda hazratning holatlari barqaror. Davolash tadbirlari tajribali shifokorlar tomonidan tibbiyot sohasining ilg‘or yutuqlarini qo‘llagan holda davom ettirilmoqda», — deyiladi xabarda.

Muftiyning shu yil iyul oyi oxirlarida Moskva shahrida o‘pka-qon tomir kasalliklaridan davolanayotgani xabar qilingan edi.