Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan vaksinalardan biri bilan to‘liq emlangan, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljanov.

«Vazirning navbatdagi vaksinani olganidan so‘ng suratini e’tiboringizga havola etmoqdaman», deb yozadi u.

Hozirga qadar, bosh vazir o‘rinbosarlari Behzod Musayev va Sardor Umurzakov,maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin, innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov,madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov emlangani haqida xabar berilgan.