G‘ijduvon va Guliston tumanlariga hokimlar tayinlandi.

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Ashurov Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

U bunga qadar 2018 yildan buyon Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Saydimqul Begimqulov Guliston tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

U 2012 yildan bugungi kunga qadar Tovar xom-ashyo birjasi Sirdaryo viloyati filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Shuningdek Guliston tumani prokurori lavozimiga Dilshod Sangirov, IIB boshlig‘i etib Shodiyor Ibragimov, tumanning Davlat soliq inspeksiyasi boshliqliig‘i lavozimiga esa Xasan Farsaxanov tayinlandilar.