O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 13−16 avgust kunlari kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar sababli sel xavfi mavjud, deya xabar bermoqda Gidrometeorologiya matbuot xizmati.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tog‘ va tog‘ oldi hududlarida yashovchi aholidan ehtiyot choralarini ko‘rishni va noxush vaziyatlar vujudga kelganda, vazirlikning «1050» qisqa raqamiga murojaat etishni so‘radi.

20 iyul kuni Namangan viloyati hududida kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi oqibatida Namangan shahar, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on hamda Uychi tumanlarining ayrim mahallalarida aholi yashash xonadonlari, ko‘chalarga suv toshish holatlari kuzatilgan edi. Namangan shahar Yuksalish va Yelixon mahallalarida 132 nafar fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan edi.