Kecha, 11 avgust kuni O‘zbekistonda 925 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 8 nafar bemor vafot etdi. Sog‘liqni saqlash vaziriligi ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik qayd etilganlarning umumiy soni 140 210 (+925) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahri (211 kishi), Toshkent viloyati (91 kishi), Surxondaryo viloyati (89 kishi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (86 kishi) va Samarqand viloyatida (83 kishi) qayd etilgan.


8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 956 nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, 11 avgust kuni 493 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 16 364 nafarga yetdi. 4 nafar bemor pnevmoniyadan vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 110 nafarga yetdi.