10 avgust kuni O‘zbekistonda 903 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 139 285 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 132 261 (+832) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 10 avgustda 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 948 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, seshanba kuni 472 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 15 871 nafarga yetdi.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 106 nafarga yetdi.