PDP Academy O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirish hamda dasturlash sohasiga qiziquvchi va ushbu yo‘nalishda chinakam mutaxassisga aylanishni orzu qiluvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim grantlarini e’lon qiladi.
“Unicorn” so‘zi IT sohasi olamida “kapitali milliard dollarga yetgan kompaniyalar"ni anglatadi. Bunday startaplar kamdan-kam uchraydigan holat bo‘lgani uchun “yakkashoxlar” deb nomlanadi. Ushbu atamani ilk bor 2013 yili The Cowboy Ventures asoschisi Aileen Li qo‘llagan. Grantning asosiy maqsadi ham yoshlarni “milliard dollarlik kompaniyalar"ga yetaklash, ya’ni ularni shunday kompaniyalarda ishlay oladigan salohiyatga ega kadrga aylantirishdir.
Grant aynan kimlar uchun
Ingliz tili va aniq fanlar bo‘yicha fundamental bilimlarni yaxshi o‘zlashtirgan 18 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ushbu grantni yutib olish uchun tanlovda qatnashishi mumkin.
“Unicorn” ta’lim grantlari loyihasi o‘z oldiga uchta eng muhim vazifani qo‘ygan.
Birinchisi, bu iqtidorli yoshlarga o‘zini namoyon etish uchun imkoniyat berish va ularni pulsiz o‘qitish.
Ikkinchisi, ushbu yoshlarni ish bilan ta’minlash, o‘z kelajagini qura olishlari uchun sharoit yaratib berish, IT-sohasi elitasi vakiliga aylantirish.
PDP Academy`ning grant loyihalarining uchinchi vazifasi, dunyoni yorqin kelajak sari yetaklay oladigan yoshlarni shakllantirish. Shuningdek, muhim qarorlar chiqara oladigan iqtidorli yoshlar jamoasini yaratish loyihaning asosiy maqsadlaridan biri.
“Unicorn” grantiga talabgorlar tanlovda qatnashish uchun 1 sentyabrgacha onlayn tarzda arizani to‘ldirishi talab etiladi.
Qabul qilingan arizalar ko‘rib chiqilib, saralanadi va ushbu bosqichdan o‘tgan talabgorlar PDP Academy binosiga imtihon topshirish uchun chaqiriladi. Imtihondan o‘tgan ishtirokchilar esa navbatdagi bosqichga — suhbatga chaqiriladi. Talabgorlar bilan suhbat tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z xohishiga ko‘ra quyidagi kurslardan birini tanlaydi:
- Bootcamp Java Backend Development — 9 oy;
- Bootcamp Android Development — 9 oy;
- Bootcamp Flutter Development — 9 oy;
- Bootcamp Frontend Development — 6 oy.
Tanlov yakunlangach, birinchi guruh darslariga 6 sentyabr kuni start beriladi.
Darslar boshlangach, 1 oy davomida “Foundation” kursi o‘qitilib, ushbu vaqt sinov muddati hisoblanadi. Sinov muddati xulosasi va mentor tavsiyasiga asosan, talabalar bu bosqichdan o‘tgan yoki o‘tmaganligi belgilanadi.
PDP Academy “Unicorn” granti doirasida 210 ta talabani pulsiz o‘qitadi va ish bilan ta’minlaydi. Umumiy grantlar sonidan 10 tasi to‘liq bepul grant hisoblanadi. Kurslar yakuniga ko‘ra, 10 nafar eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar ta’lim uchun to‘lov qilmaydi.
Darslar boshlanganidan roppa-rosa 6 oy o‘tgach, grant yutgan talabalar ish bilan ta’minlana boshlaydi. Kurs yakunlanganidan keyin, 6 oy ichida barcha grant yutgan talabalar ish bilan ta’minlanadi.
Grantlar uchun ishtirokchilarni saralashda asosan quyidagilarga e’tibor beriladi:
- ingliz tili (English);
- matematika (Math);
- mantiq (Logic);
- muloqot ko‘nikmalari (Communication skills);
- qadriyatlar;
- muammolarga yechim topa olish (Problem solving);
- liderlik (Leadership);
- o‘z ustida ishlay olishi (Self-study);
Grantlar soni chegaralangan.
Ishtirok etish uchun arizani quyidagi havola orqali to‘ldirishingiz mumkin: pdp.uz/register-unicorn.
“Unicorn” ta’lim grantlari loyihasi haqida batafsil ma’lumotlarni ushbu havolaga o‘tish yoki +998 (78) 777−47−47 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali olishingiz mumkin.
Shuningdek, PDP Academy`ning YouTube kanalida grant haqidagi barcha savollarga javob berilgan videolar mavjud.
Sayt: pdp.uz
Telegram-kanal: t.me/pdpuz
Instagram: @pdpuz
Facebook: fb.com/pdpuz
YouTube: Pdpuz
Reklama huquqlari asosida.