Germaniya O‘zbekistonga koronavirusga qarshi vaksina yetkazib beradi

O‘zbekiston Germaniyadan koronavirusga qarshi 350 ming doza vaksina oladi. Preparatlar COVAX dasturi doirasida yetkazib beriladi.

Jizzaxda obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan 7 ta it otib o‘ldirilgani aytilmoqda

“Jizzaxliklar” Telegram-kanalida Jizzax shahridagi Olmazor mahallasida daydi itlar ko‘payib ketgani haqida murojaat e’lon qilingan. Shundan so‘ng, Obodonlashtirish boshqarmasi “it ovlov brigadasi” tomonidan 7 ta it otib o‘ldirilgani aytilmoqda.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qariyb 1 mlrd dollarga o‘sdi

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari avgust boshida 965 mln dollarga oshib, 35,1 mlrd dollarga yetdi. Oltin zaxiralari ham 9,3 tonnadan ko‘proqqa yetdi.

O‘zbekiston Yoshlar huquqlari bo‘yicha jahon forumini o‘tkazadi

Yoshlar huquqlari bo‘yicha jahon konferensiyasi 12−13 avgust kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Unda SOVID-19 pandemiyasi yoshlarning zaif guruhlariga ta’sir o‘tkazayotgan sharoitda yoshlarning sifatli ta’lim olishi va ishlab chiqarishda band bo‘lishga taalluqli imkoniyatlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqiladi.

2021 yil O‘zbekistonda qancha gaz qazib chiqariladi?

2021 yilda O‘zbekistonda 53,8 mlrd kub metr gaz qazib chiqarish rejalashtirilmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, ishlab chiqarishning katta qismi “O‘zbekneftgaz” korxonalari (64,3%) hisobiga to‘g‘ri kelsa, qazib chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda “Lukoyl”, uchinchi o‘rinda Uz-Kor Gas Chemical kompaniyalari bo‘ladi.

Toshkentda qariyb 1,1 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning noqonuniy savdosi aniqlandi

Bektemir tumanida Mercedes-Benz Sprinter avtomashinasida O‘zbekistonga noqonuniy olib kelinayotgan qiymati 1 mlrd 93 mln 680 ming so‘m bo‘lgan “Tropikamid” dorisi topildi. Shuningdek, Yangihayot va Chilonzor tumanlarida ham kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning noqonuniy savdosi aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yanvar-iyun oylarida har 100 ming aholiga 132 ta jinoyat to‘g‘ri kelgan

2021 yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekistondagi har 100 ming aholi soniga 132 ta jinoyat to‘g‘ri kelgan. Ushbu davr mobaynidan aniqlangan jinoyatlar soni 2017 yilgi ko‘rsatkichlardan ikki baravarga ko‘p. Jinoyatlarning 34,8% avvalgi yillarda sodir etilib, joriy yilda hisobga qo‘yilgan.

Milliy gvardiya qo‘mondonining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi

Sarvar Mamayusupov Milliy gvardiya qo‘mondonining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U bundan avval tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar bo‘lgan.

“UZB”, “AAA” kabi seriali davlat avtomobil raqamlari ochiq savdoda, bu raqamlarni istalgan fuqaro xarid qilishi mumkin", — YHXBB boshlig‘i

YHXBB boshlig‘i Olimjon Saidov avtomobillar uchun 327 juft davlat raqamlari belgilari olti toifaga ajratilib, auksion orqali sotish yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Qo‘shimcha qilinishicha, “UZB” yoki “AAA” kabi seriali davlat avtomobil raqamlari 2017 yildan buyon 36 million so‘mga sotilyapti, hozirda 50 dona raqam qolgan.

O‘zbekistondagi tabiiy gaz zaxiralari 1,86 trln kub metrga baholanmoqda

2020 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda tasdiqlangan tabiiy gaz zaxiralari 1,86 trillion kub metrga yetgan. Amaldagi qazib chiqarish hajmlarida ushbu zaxiralar kamida 34 yilga yetadi. Ularning yarmidan ko‘pi “O‘zbekneftgaz” korxonalari, 20 foizdan ko‘prog‘i esa “Lukoyl” kompaniyasi hissasiga to‘g‘ri keladi.

18 yoshga to‘lgan yetim bolalarga 1 xonali uy ajratiladi — prezident qarori

Prezident qarori bilan uyga muhtoj va 18 yoshga to‘lgan yetim bolaga 1 xonali, ular o‘rtasida nikoh tuzilgan taqdirda 2 xonali uy-joy ajratish tartibi belgilanmoqda. Bola 30 yoshga to‘lguncha uyni sotish, garovga qo‘yish va ijaraga berish qo‘yish mumkin emas. Yil yakuniga qadar 757 nafar bolani uy bilan ta’minlash reja qilingan. Bunga qadar yetim bolalarga bo‘sh turgan yotoqxona va qarovsiz qolgan uylardan ajratib kelingan.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga OTMga kirish uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi

Joriy yilda OTMga kirish uchun Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalarining jami 6,2 ming nafar tarbiyalanuvchisiga qo‘shimcha kvota ajratish rejalashtirilmoqda. Qolaversa, ularga 50 foiz oshirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi. Nodavlat o‘quv kursida o‘qish harajati va xorijda davolanish uchun kompensatsiya, kitob harid qilishga esa subsidiya beriladi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

Homilador ayollar koronavirusga qarshi vaksina olishi mumkinmi?

Koronavirus homilador ayollar uchun qanchalik xavfli? Homilador ayollar koronavirusga qarshi emlanishi mumkinmi? “Gazeta.uz"ning shu va boshqa savollariga biotexnolog, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev javob berdi.

Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi qanday kutib olindi — fotoreportaj

Samolyotdan bayroq ko‘tarib chiqqan Bahodir Jalolov, sportchilarni tabriklagan Senat raisi, O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘targan bosh vazir, sportchilarga berilgan “Prezident sovg‘asi” — Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni kutib olish marosimidan fotoreportaj (video).

Bahodir Jalolov va uning onasi, afsonaviy Oksana Chusovitina — o‘zbekistonlik olimpiyachilar bilan intervyu

Faxrga to‘lgan Bahodir Jalolov va Akbar Jo‘rayevning onalari, ikkinchi marta Olimpiadada qatnashgan taekvondochi Nigora Tursunqulova, bolalar sportini rivojlantirmoqchi bo‘lgan Oksana Chusovitina — “Gazeta.uz” muxbiri Og‘abek Samisov sportchilar hamda ularning onalari va MOQ bosh kotibi bilan qisqacha intervyu o‘tkazdi.