Atabek Tursinbekov O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) bosh konsuli etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot kotibi Yusup Kabuljanov xabar qildi.

A.Tursinbekov 1987 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. 2009−2017 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2017−2021 yillarda O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi birinchi kotibi sifatida ishlagan.

Aqtau shahridagi bosh konsulxona 2019 yilda ochilgan bo‘lib, uning konsullik okrugiga Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mang‘istau viloyatlari kiradi.